Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 02/07/2025 Fitch O‘zbekistonning uchta energetika kompaniyasi reytingini “BB”ga ko‘tardi

Fitch O‘zbekistonning uchta energetika kompaniyasi reytingini “BB”ga ko‘tardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining ham xalqaro kredit reytingini “BB” darajada deb baholadi.

Bu 2018-yildan beri kuzatilayotgan birinchi o‘sish holatidir. “Fitch Ratings” hisobotida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ iqtisodiy barqarorlikni saqlash yo‘lidagi yutuqlar alohida e’tirof etilgan.

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan 26-iyun kuni O‘zbekiston suveren kredit reytingiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi 2018-yildan beri ilk bor “BB-”dan bir pog‘ona yuqoriga, “BB” darajasiga oshirildi va reyting kutilmasi barqaror darajada deb tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, 1-iyul sanasida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xalqaro indikativ reytingini ham “BB” darajada deb baholadi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb e’lon qildi.

Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining jahon investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatga hamda kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling