Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Fitch Anor Bank prognozini salbiyga qayta ko‘rib chiqdi, reytingini “B-” darajasida tasdiqladi

Fitch Anor Bank prognozini salbiyga qayta ko‘rib chiqdi, reytingini “B-” darajasida tasdiqladi

Fitch Anor Bank prognozini salbiyga qayta ko‘rib chiqdi, reytingini “B-” darajasida tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ”Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ”Anor Bank”ning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingi (IDR) bo‘yicha prognozni “Barqaror”dan “Salbiy”ga qayta ko‘rib chiqdi.

IDR reytinglari “B-” darajasida tasdiqlandi. ”Fitch”, shuningdek, hayotiylik reytingini (VR) ”b-” darajasida tasdiqladi. ”VR” reytingi kredit portfelining tez o'sishi bosimi ostida bo'lgan bankning zaif asosiy kapital ko'rsatkichlarini aks ettiradi.

Prognozni qayta ko'rib chiqish bankning asosiy kapitalining so'nggi uch yil ichida juda past darajaga qadar barqaror pasayishini, shuningdek, agar bankning benefitsiar egasi tomonidan kapital quyish hisobiga qoplanmasa, kapitalning yanada yomonlashishi xavfini aks ettiradi.

”Fitch” asosiy kapital koeffitsiyenti (FCC) 2024-yil oxirida juda past bo‘lib, 4,3%ni tashkil etdi (2023-yil oxirida: 5,1%). Bu ko‘rsatkich agressiv kreditlash hajmi ortishi ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, yangi kapital kiritilishlari bilan qoplanmagan.

”Fitch” FCC nisbati keyingi ikki yil ichida asta-sekin o'sib borishini, ammo 5-6% past darajada qolishini kutmoqda. Ushbu prognoz davomiy kengaytirishni moliyalashtirish uchun yiliga taxminan 2% RWA miqdoridagi yangi kapital kiritishni hisobga oladi.

”Anor Bank” moliyalashtirishining 90%dan ortig‘i mijozlar hisoblari orqali ta’minlanadi, ular asosan jismoniy shaxslarning muddatli depozitlaridan iboratdir.

Depozit bazasi fragmentlangan bo‘lsa-da, narxlarga sezgirdir, buni moliyalashtirish xarajatlarining sektor o‘rtachasidan yuqoriligi tasdiqlaydi. 2025-yil I yarim yilligi oxirida ”Anor”ning likvid aktivlari umumiy aktivlarning 18%ini tashkil etdi, bu esa yetarli ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qayd etilishicha, agar bank kapitalining zaifligi (FCC ko‘rsatkichi taxminan 5% yoki undan past) keyingi 12–18 oy davomida saqlanib qolsa va u bank egasi tomonidan sezilarli asosiy kapital quyilmalari yoki qarzning o‘sishning sekinlashuvi/kamayishi hisobiga bartaraf etilmasa, ”Anor”ning IDR va VR reytinglari pasaytiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling