Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
Firibgarlik ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan Shaxista Mullaeva Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Mullaeva Shaxista Rajapovna O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi IIV.

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raladi.

Shu bilan bir qatorda, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling