Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Finlyandiya kompaniyalari Oʻzbekistonning “Green Zone” loyihasiga 35 million dollar sarmoya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubbning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Finlyandiya biznes-forumi tashkil etildi.

“Intercontinental Hotel – Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Finlyandiyaning EPSE Oy va EPSE Technology kompaniyalari oʻrtasida sanoat chiqindilarini keng koʻlamda qayta ishlash hamda ulardan foydali komponentlarni ajratib olishga qaratilgan milliy tashabbus — Uzbekistan Green Zone loyihasini amalga oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Loyihaning dastlabki qiymati 35 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu tashabbus Oʻzbekistonda barqaror sanoatni rivojlantirish va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish yoʻlida namunaviy loyiha sifatida xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling