Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Filuet Tech Microsoft Azure’da global mutaxassislarni tanlash uchun sun’iy intellekt platformasi Atalef’ni ishga tushirdi

Filuet Tech Microsoft Azure’da global mutaxassislarni tanlash uchun sun’iy intellekt platformasi Atalef’ni ishga tushirdi

Filuet Tech Microsoft Azure’da global mutaxassislarni tanlash uchun sun’iy intellekt platformasi Atalef’ni ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Elektron tijorat, logistika va HR texnologiyalari sohasida ixtisoslashgan xalqaro Filuet Tech kompaniyasi 2025-yil 26-sentabrdan o‘zining Atalef nomli sun’iy intellekt platformasini Microsoft Azure korporativ yechimlar ekotizimida joylashtirganini e’lon qildi.

Bu Microsoft foydalanuvchilariga butun dunyo bo‘ylab Atalef platformasiga bevosita ulanish va Azure’ning xavfsiz infratuzilmasi hamda korporativ xavfsizlik standartlari afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.

Atalef — texnik mutaxassislarni ishga qabul qiluvchi kompaniyalar uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi avlod HRTech yechimi hisoblanadi.

Platformaning patentlangan DeepMatch™ algoritmi nomzodlarning haqiqiy ish natijalari va ularning xulq-atvor signallarini tahlil qilib, ma’lum bir vakant lavozim talablariga to‘liq javob beradigan mutaxassislarning aniq va kalibrlangan ro‘yxatini shakllantiradi.

Atalef mavjud ATS va HR tizimlari bilan API orqali integratsiyalashadi hamda Filuet Tech’ning ishonchli hamkorlar tarmog‘i orqali 150 ta davlatda ishga qabul va relokatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bugungi kunda an’anaviy kadr tanlash usullari yetarlicha samarali bo‘lmay qolgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, nomzodlarning faqat yarmi ish taklifini qabul qiladi, har beshinchisi sinov muddatida ishdan ketadi, xodimlarning esa yarmi olti oydan so‘ng kompaniyada qolmaydi.

Noto‘g‘ri tanlov biznes uchun juda qimmatga tushadi, biroq Fortune 500 kompaniyalarining aksariyati hanuzgacha mutaxassislarning haqiqiy ko‘nikmalarini aks ettirmaydigan kalit so‘zlar bo‘yicha rezyumelarni filtrlash tizimidan foydalanadi.

Atalef bu yondashuvni tubdan o‘zgartirib, faktlarga asoslangan va shaffof kadr tanlash jarayonini yo‘lga qo‘yadi.

Platforma nomzodlarning tasdiqlangan ko‘nikmalari asosida tanlov jarayonini tezlashtiradi va ish o‘rni bilan mutaxassis mosligini oshiradi. Real ish topshiriqlari va kompetensiyalar asosida shakllantirilgan ro‘yxatlar suhbatlar sonini kamaytiradi.

API orqali ATS va HRIS tizimlari bilan to‘liq moslik ma’lumotlarni qo‘lda kiritish zaruratini yo‘q qiladi, “ko‘nikma avvalo” yondashuvi esa tanlov jarayonini ob’yektiv va ochiq qiladi.

Atalef hozirda 600 milliondan ortiq nomzod profillarini qamrab olgan va 150 mamlakatda relokatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hindiston va AQShda o‘tkazilgan pilot loyihalar natijalariga ko‘ra, platformadan foydalanish ishga qabul qilish muddatini 40 foizga qisqartirgan, suhbatlar sonini 30 foizga kamaytirgan va nomzod tanlash aniqligini 85 foizga oshirgan. Hamkorlar umumiy xarajatlarning kamayganini va menejerlarning qoniqish darajasi oshganini qayd etishgan.

Atalef platformasi hozirda Azure Marketplace va Filuet Group’ning rasmiy saytlarida mavjud.

Filuet Group — biznesga yangi bozorlarga chiqish va operatsion jarayonlarni kengaytirishda yordam beruvchi xalqaro xizmat provayderi bo‘lib, kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga elektron tijorat, logistika va fufilment, buxgalteriya va moliya, huquqiy xizmatlar hamda HR texnologiyalari kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling