FIFA prezidenti Kannavaroni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tayinlangani bilan tabrikladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi.
Infantino o‘z murojaatida shunday yozdi: “2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006-yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni bo‘lgan edingiz. Oradan yigirma yil o‘tib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz”.
Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, yaqin oʻtmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtadigan Jahon chempionatiga tayyorlab boradi.