Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino yaqin kunlarda mamlakat Futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida FIFA rahbari o‘zbek tomoni bilan futbolni yana-da rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni muhokama qiladi, shuningdek, Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishadi.
Safarning asosiy nuqtasi sifatida Janni Infantino 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan CAFA Nations Cup 2025 turniri final uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi. Finalda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushadi.