FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 08/09/2025
$1 – 12520.78
UZS – 0,67%
€1 – 14634.29
UZS – 1,06%
₽1 – 153.70
UZS – 0,23%
Qidirish
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assosiasiyasi taklifiga binoan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda “CAFA Nations Cup 2025” turniri final uchrashuvida ishtirok etishdan iborat.

FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.

Tashrif doirasida Janni Infantino sport boshqarmalari rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi, futbol bo‘yicha istiqbolli tashabbuslarni muhokama qilishda ishtirok etishi hamda mamlakatimizdagi muhim sport inshootlariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling