FIFA delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 08/09/2025
$1 – 12520.78
UZS – 0,67%
€1 – 14634.29
UZS – 1,06%
₽1 – 153.70
UZS – 0,23%
Qidirish
FIFA delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA delegatsiyasi Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki yil avval FIFA Prezidenti Janni Infantino ushbu hududga tashrif buyurib, markaz qurilishiga ramziy g‘isht qo‘ygan va loyihalar bilan tanishgandi. Tashrif davomida mehmonlarga markaz imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Bugun bu yerda bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Zamonaviy stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari va mehmonxona futbolchilar ixtiyoriga taqdim etilgan.

Sport tibbiyoti markazida basseyn, mashg‘ulot zali va reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Jarohatlarning oldini olish hamda futbolchilarning qisqa fursatda tiklanishi uchun xorijiy uskunalar olib kelingan, ilg‘or uslublar joriy etilgani qayd etildi.

Delegatsiya Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, VAR, terma jamoalar tayyorgarlik markazi va Respublika futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashib, Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi: “Avvalo, sizlarni tarixiy natija bilan tabriklayman. Bu yutuq mamlakatingizda sport va futbolga berilayotgan e’tibor samarasi. Futbolingizning uzoq va sharafli yoʻlni bosib oʻtayotganining mevasidir. Oldingizda sharafli vazifa — Jahon chempionatida munosib ishtirok etish turibdi. Siz millionlab muxlislaringizga quvonch ulashyapsiz. Ishonamanki, Jahon chempionatida butun dunyo yana bir bor O‘zbekiston futbolining salohiyatiga guvoh bo‘ladi”, dedi Infantino.

Tashrif davomida FIFA delegatsiyasi markaz infratuzilmasiga yuksak baho berib, bu yerda O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkinligini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling