Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati rasmiy timsollarini taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy timsollarini taqdim etdi.
Turnir timsollari sifatida bug‘u Meypl, yaguar Zayyu hamda oqbosh burgut Klatch tanlab olingan. Ular kelasi yili ommaga taqdim qilinadigan FIFA Heroes video o‘yinlarida ham tasvirlanadi.
Jahon chempionati tarixda birinchi marta bir yo‘la uchta mamlakatda o‘tkaziladi. Musobaqa 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha davom etadi.
Bu chempionat O‘zbekiston uchun ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi: milliy terma jamoa ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.