Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

PF–5706-son Farmon asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) tashkil etilgan.

Qarorga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti hamda Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil etiladi.

Akademiyaning yagona taʼlim kampusida quyidagilar tashkil etiladi:

Akademiya huzuridagi Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi;

Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti.

Akademiyada 2 bosqichli oliy taʼlim tizimida yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni quyidagi shakllarda yo‘lga qo‘yish:

harbiy taʼlim yo‘nalishlarida kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti, umumfuqaroviy taʼlim yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida bakalavrlar tayyorlash;

favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar uchun harbiy va umumfuqaroviy mutaxassisliklarida to‘lov-kontrakt, kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarida magistrlar tayyorlash.

Akademiyada 2027/2028 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida “2+2” taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling