Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi Koreya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi Koreya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi Koreya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 7 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda "Gangwon Technopark" hamda "Yonsei University" vakillari ishtirok etdi.

Tashrif Innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi U-Enter tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori Abdulla Azizov tomonidan «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteriga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.

Unda klasterning faoliyat yo‘nalishlari, infratuzilma imkoniyatlari, investitsiyaviy muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Koreya delegatsiyasi vakillari "Gangwon Technopark" hamda "Yonsei University"ning farmatsevtika, tibbiy texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar farmatsevtika va tibbiy texnologiyalar sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish va kelgusida amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling