Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi direktori Samarqand viloyatida zavodning ishga tushirilish sanasini "Yangi Osiyo Biofarmatsevtika" bilan muhokama qildi
Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi direktori Samarqand viloyatida zavodning ishga tushirilish sanasini "Yangi Osiyo Biofarmatsevtika" bilan muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Samarqand viloyatida qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish zavodi qurilishini amalga oshirayotgan «Yangi Osiyo Biofarmatsevtika» kompaniyasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida loyihaning joriy holati, shuningdek, ishlab chiqarish majmuasini belgilangan muddatlarda ishga tushirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarida texnologik uskunalarni o‘rnatish va sozlash, montaj ishlarini bajarish, tozalash tizimlarini joriy etish, elektr hamda santexnika ishlarini amalga oshirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan malakali mutaxassislar jalb etish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda va yuqori sifat darajasida amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.