O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

UzDaily · 17.06.2025 · 10:15 · 346 views
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va UNDP vakillari o‘rtasidagi uchrashuv joriy farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash tizimidagi boshqaruv masalalari, global va mahalliy darajadagi imkoniyatlar va muammolar, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, regulyator tartiblar, raqamlashtirish va texnik yordam masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida samarali va barqaror boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, farmatsevtika sohasini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda rivojlantirish zarurligi taʼkidladilar.

UNDP vakillari mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va global farmatsevtika markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

UzDaily · 👁 346 views · 17.06.2025 · 10:15