Valyuta kurslari 26/02/2026
$1 – 12137.10
UZS – -0,42%
€1 – 14307.21
UZS – -0,42%
₽1 – 158.53
UZS – -0,35%
Qidirish
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va KIND Toshkentda SMART-BIO CLUSTER loyihasini amalga oshirish masalasini muhokama qilishdi

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va KIND Toshkentda SMART-BIO CLUSTER loyihasini amalga oshirish masalasini muhokama qilishdi

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va KIND Toshkentda SMART-BIO CLUSTER loyihasini amalga oshirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation (KIND) tomonidan “2025 K-City Network: Toshkent Smart Bio-Klaster” loyihasi doirasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan SMART-BIO CLUSTER loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur yirik tashabbus biosanoat zonasi, ilmiy-tadqiqot markazi, sunʼiy intellekt va startaplar hududi, shuningdek ijtimoiy hamda muhandislik-infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi.

Muzokaralar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi: SMART-BIO CLUSTER loyihasini amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy biotexnologik va farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma loyihalarni shakllantirish, sohada ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, farmatsevtika klasterlari samaradorligini oshirish.

Shuningdek, loyihaning iqtisodiy ahamiyati, jumladan, yalpi ichki mahsulotga qo‘shadigan hissasi, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani keyingi bosqichga olib chiqish, xususan, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish va uni yuqori darajada taqdim etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, farmatsevtika va biotexnologiya sohalariga yirik investitsiyalarni jalb qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega innovatsion ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling