Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori UNESCO bilan Tashkent Pharma farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalasini muhokama qildi
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori UNESCO bilan Tashkent Pharma farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va UNESCO tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
UNESCO – jahon miqyosida taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi global standartlar, sifatni oshirish va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro muvofialashtiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuv chog‘ida vakillar «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri loyihasi va unda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangiliklar bilan tanishdi. UNESCO vakillari tomonidan O‘zbekiston taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, mavjud muammolar va ularning ehtimoliy yechimlari haqida maʼlumot berildi, hamda texnikumlar faoliyatida kuzatilayotgan holatlar va joriy yangiliklar ham muhokama qilindi.
Suhbat yakunida farmatsevtika sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarga moslash va taʼlim sifati oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbuslari ko‘rib chiqildi.