Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 03/06/2025 Farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik: Toshkent viloyati investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik: Toshkent viloyati investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston–Xitoy” biznes-forumi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq so‘zlab, hududga investitsiya kiritish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni taqdim etdi:

  • Farmatsevtika va tibbiy uskunalar – 3 ta ixtisoslashtirilgan sanoat zonasida katta imkoniyatlar mavjud;
  • Qurilish materiallari sanoati – ekologik toza va energiya tejamkor mahsulotlarga talab yuqori;
  • To‘qimachilik sanoati – paxta xom ashyosining mavjudligi va infratuzilma rivojlangan;
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash – hozirda yetishtirilgan mahsulotlarning faqat kichik qismi qayta ishlanmoqda;
  • Elektrotexnika va maishiy jihozlar – bozorda ichki mahsulotlar bilan qoplanmagan katta ulush mavjud;
  • Turizm – turistik zonada yangi loyihalar uchun imkoniyatlar bor.

Tadbirda Toshkent viloyatidagi yirik kompaniyalar, tadbirkorlar va Xitoy ishbilarmonlari ishtirok etmoqda. Kunning ikkinchi yarmida ikki tomonlama o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, elektrotexnika, qurilish materiallari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolanishiga erishildi. 

Shuningdek, tadbir doirasida "Kaftimizdagi buyuk ipak yo‘li-O‘zbekiston va Xitoy innovatsiya va tadbirkorlik bo‘yicha hamkorlik" II Xalqaro ayollar forumi ham o‘tkazilib, viloyatda bir qator tadbirkor ayollar ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda viloyatda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 900 taga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Jami investitsiya hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etib, 2024-yilning o‘zida 1 milliard dollarlik yangi sarmoya jalb qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling