Valyuta kurslari 24/09/2025
$1 – 12171.03
UZS – -0,7%
€1 – 14364.25
UZS – -0,48%
₽1 – 145.92
UZS – -0,52%
Qidirish
Farmakopeya sohasida O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Farmakopeya sohasida O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Farmakopeya sohasida O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida O‘zbekiston va Qozog‘iston farmakopeya organlari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i, Davlat farmakopeyasi bosh muharriri, professor Xabibulla Djalilov, Farmakopeya qo‘mitasi raisi Kamola Nuridullayeva hamda Davlat farmakopeyasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Qozog‘iston Respublikasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) Farmakopeyasini takomillashtirish boshqarmasi rahbari, Milliy fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi, YEOII Farmakopeya qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi Davlat farmakopeyasi raisi, professor Ardak Tuleganova qatnashdi.

Uchrashuvda ikki davlat farmakopeya organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:

  • YEOII Farmakopeyasi doirasida farmakopeya standartlarini uyg‘unlashtirish va umumiy talablarni ishlab chiqish;
  • tajriba almashish va qo‘shma faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish;
  • malakali kadrlar tayyorlash, malaka oshirish dasturlari va stajirovkalar tashkil etish;
  • ilmiy-amaliy seminarlar va treninglar o‘tkazish;
  • sifat nazoratida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish
  • hamda metodik yordam ko‘rsatish;raqamli texnologiyalar va innovatsion usullarni farmakopeya standartlariga tatbiq etish.

Uchrashuv yakunida tomonlar farmakopeya sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish, qo‘shma dastur va kurslarni ishlab chiqish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kelishib oldilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston farmakopeya organlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, farmatsevtika sohasida standartlar uyg‘unligini taʼminlash, dori vositalari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish hamda global farmakopeya hamjamiyatida ikki davlat nufuzini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling