Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
Iqtisod 30/04/2025 O‘zbekiston va Xitoy farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Xitoy farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayonida joylashgan "Xinjiang Tefeng Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kompaniya rahbariyati "Xinjiang Tefeng Pharmaceutical Co., Ltd." faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy mahsulot turlari haqida maʼlumot berdi. Taʼkidlanganidek, kompaniya tabiiy va sunʼiy dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, mahalliy hamda xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega.

Agentlik direktori mamlakatimiz farmatsevtika bozorining ulkan salohiyati, dorivor o‘simliklar resurslari hamda mahalliylashtirish jarayonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida axborot berdi. Shuningdek, "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri imkoniyatlar va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun takliflar bildirdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida istiqbolli tashabbuslar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling