Farmagentlik direktori "Xinjiang Huashidan Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasida uchrashuv o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida, Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayonida joylashgan "Xinjiang Huashidan Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida kompaniya vakillari o‘z faoliyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari va eksport salohiyati haqida batafsil maʼlumot taqdim etdi. "Xinjiang Huashidan Pharmaceutical Co., Ltd." dori vositalarini ishlab chiqarish va tarqatishga ixtisoslashgan bo‘lib, mintaqaning yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.
Agentlik direktori O‘zbekiston farmatsevtika sektori, mavjud imkoniyatlar va mahalliylashtirish jarayonida "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot berdi. Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar alohida taʼkidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini o‘rganishga kelshib oldi.