Valyuta kurslari 03/02/2026
$1 – 12242.17
UZS – 0,14%
€1 – 14522.89
UZS – -0,26%
₽1 – 159.90
UZS – -1,3%
Qidirish
Fargʻona viloyatida katta miqdordagi kuchli giyohvand moddalar partiyasi bilan chegara qoidabuzari qoʻlga olindi

Fargʻona viloyatida katta miqdordagi kuchli giyohvand moddalar partiyasi bilan chegara qoidabuzari qoʻlga olindi

Fargʻona viloyatida katta miqdordagi kuchli giyohvand moddalar partiyasi bilan chegara qoidabuzari qoʻlga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DXX Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududidan o‘tuvchi qismini buzib, qo‘shni davlatdan kirib kelgan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1983 y.t. shaxs qo‘lga olindi.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida umumiy bahosi 1 mlrd 320 mln so‘mni tashkil etuvchi 9 542 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, “Zardeks” dori vositasi tarkibida bo‘lgan “Pregabalin” moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-sonli qaroriga muvofiq, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va uning erkin muomalasi cheklangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling