Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Fargʻona viloyati va Xitoyning Qashgʻar shahri oʻrtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda

Fargʻona viloyati va Xitoyning Qashgʻar shahri oʻrtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda

Fargʻona viloyati va Xitoyning Qashgʻar shahri oʻrtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahri hokimi Veli Asim boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, sanoat, turizm va ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

Bugungi uchrashuv ham yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasi ekanligi, so‘nggi yillarda Farg‘ona viloyati va Qashg‘ar shahri o‘rtasida aloqalar mustahkamlanib borayotganligi ta’kidlandi.
 
Qashg‘ar shahri hokimi Veli Asim Farg‘ona viloyati investitsiya kiritish uchun qulay hudud ekanligini, bu yerdagi o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar xitoylik investorlarning o‘z biznesini boshlashga asos bo‘layotganligidan xabardor ekanligini ma’lum qilib, qator sohalar bo‘yicha hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi. Shuningdek, farg‘onalik tadbirkorlarning ham Qashg‘arda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishlarida kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Samimiy muloqotda Farg‘ona viloyati bilan Qashg‘ar shahri o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini jadallashtirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling