Fargʻona va Mazandaron iqtisodiyot, savdo va turizm sohalaridagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishdi
Fargʻona va Mazandaron iqtisodiyot, savdo va turizm sohalaridagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasining Mozandaron viloyati hokimi Maxdiy Rustamiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi.
Mehmonlar Marg‘ilon shahrida bo‘lib, Eron startap kompaniyalari ishtirokida tashkil etilayotgan Texnopark hamda savdo majmuasini ko‘zdan kechirishdi. Hunarmandlar markazidagi o‘zbek milliy ipak matolari, hunarmandchilik mahsulotlari esa ularga manzur bo‘ldi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasi, Farg‘ona tumanidagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ekokerama” korxonasi faoliyatini ham borib ko‘rdilar.
Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan korxonada asosiy e’tibor sifatga qaratilgani eronliklar tomonidan e’tirof etildi.