Farg‘onaning quritilgan mevalari Yevropa bozoriga chiqadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida viloyatimiz tadbirkorlari qator samarali kelishuvlarga erishmoqda. Xususan, endilikda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan va qadoqlangan mevalar Yevropa bozoriga eksport qilinadi.
Beshariq tumanida faoliyat yuritayotgan “BESHAGRO EKSPORT” MCHJ Polsha kompaniyasi bilan umumiy qiymati 10 million dollarlik quritilgan mevalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shuningdek, polshaliklar bilan hamkorlikda Beshariq tumanida 15 million dollarlik mevalarni qayta ishlash zavodi qurish loyihasi amalga oshiriladi.