Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
Farg'onalik ishlab chiqaruvchilar Malayziya bozorlariga KK Super Mart tarmog'i orqali kirishlari mumkin

Farg'onalik ishlab chiqaruvchilar Malayziya bozorlariga KK Super Mart tarmog'i orqali kirishlari mumkin

Farg'onalik ishlab chiqaruvchilar Malayziya bozorlariga KK Super Mart tarmog'i orqali kirishlari mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyaning eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri - KK Super Mart rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yuldashev, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azimjon Yuldashev, shuningdek, tegishli idoralar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, import mahsulotlari assortimentini kengaytirish, logistika masalalari hamda mahsulotlarni tarmoq do‘konlarida joylashtirish formatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Ayniqsa, Singapurda faoliyat yuritayotgan Farg‘ona viloyati Savdo uyida taqdim etilayotgan mahsulotlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati Savdo uyida namoyish etilayotgan mahsulotlar kelgusida KK Super Mart savdo tarmoqlarida sotuvga chiqarilishi mumkinligi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Bu esa Farg‘ona viloyati ishlab chiqaruvchilari uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochib, ularning Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqishini yanada kengaytiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling