Farg‘onaga qo'shimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Farg‘onaavtotrans xizmat» MChJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo'shimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.
Mazkur avtobuslar tez orada Farg‘ona shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Farg‘ona shahridagi 6 ta yo‘nalishda 72 ta avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.