Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Farg‘onadagi bolalar uchun AQSH tajribasi asosida yurak jarrohligi amaliyotlari o‘tkaziladi

Farg‘onadagi bolalar uchun AQSH tajribasi asosida yurak jarrohligi amaliyotlari o‘tkaziladi

Farg‘onadagi bolalar uchun AQSH tajribasi asosida yurak jarrohligi amaliyotlari o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov "Global Cardiac Alliance" xalqaro xayriya tashkiloti rahbari Uilyam Novikni hamda AQSHdagi Janubiy Karolina tibbiyot universiteti dotsenti, O‘zbekiston-Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi hammuassisi Alisher Dadaboyevni qabul qildi.

Xayriya tashkiloti tomonidan 1993 yilda faoliyat boshlaganidan buyon 35 ta mamlakatda 10 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekistonda ham bolalar kardiologiya xizmatini takomillashtirish va kengaytirish dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2023 yil sentyabr oyida 9 ta davlatdan kelgan 22 nafar tibbiyot mutaxassislari ishtirokida 60 nafar bemor bolalarda muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Uchrashuvda viloyat rahbariga shular haqida maʼlumot berildi.

“Biz Farg‘onada jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bilan bir qatorda mahalliy tibbiyot mutaxassislari ishtirokida 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatda kardiojarrohlar jamoasini shakllantirib, ularga ilg‘or Amerika tajribasiga asoslangan jarrohlik usullarini o‘rgatishni maqsad qilganmiz”, - dedi O‘zbekiston-Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi hammuassisi Alisher Dadaboyev.

Viloyat rahbari ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda barcha shart-sharoitlarni yaratishda ko‘mak berilishini maʼlum qildi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Uchrashuvda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov ham ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling