Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Farg‘onada yoqilg‘i quyish vaqtidagi xato avtomashina portlashiga olib keldi

Farg‘onada yoqilg‘i quyish vaqtidagi xato avtomashina portlashiga olib keldi

Farg‘onada yoqilg‘i quyish vaqtidagi xato avtomashina portlashiga olib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘onada avtogaz quyish shoxobchasida Labo rusumli avtomobilda gaz balloni portladi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB xabar berishicha, hodisa 18 sentyabr kuni tush payti sodir bo‘lgan.

Tekshiruv natijasida aniqlanishicha, haydovchi o‘rnatilgan ballon propan uchun mo‘ljallanganiga qaramay, mashinani adashib metan bilan to‘ldirgan.

Portlash oqibatida hech kim jabrlanmadi, ammo avtomashinaga jiddiy texnik zarar yetdi.

Hozirda hodisa holatlarini qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling