Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Farg‘onada Turkiya ishtirokida industrial zona tashkil etish rejalashtirilmoqda

Farg‘onada Turkiya ishtirokida industrial zona tashkil etish rejalashtirilmoqda

Farg‘onada Turkiya ishtirokida industrial zona tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi taʼsischisi Vaxdettin Heyalni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimiz va Turkiya ishbilarmonlari hamkorligiga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor Bilal Shirin ham ishtirok etdi.

“Heyal Holding” Turkiyada faoliyat yurituvchi sanoat va investitsiya xoldingi bo‘lib, qurilish, logistika, moliya, ko‘chmas mulk va tashqi savdo kabi bir qancha sektorlarda ish olib boradi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatimiz hududida ilg‘or tajribalar asosida sanoat zonasini tashkil etish va unga istiqbolli loyihalarni joylashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Sanoat zonasiga 25 ta yirik loyihalar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda 6 ta loyiha bo‘yicha aniq takliflar tayyorlangan.

Muloqotda takliflar atroflicha muhokama qilinib, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling