Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Farg‘onada koreyalik investorlar bilan avtoqismlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Farg‘onada koreyalik investorlar bilan avtoqismlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Farg‘onada koreyalik investorlar bilan avtoqismlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Koreya Respublikasining “Hansae Mobility” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda joriy yil oktyabr oyida viloyat delegatsiyasining Koreyaga qilgan amaliy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning navbatdagi bosqichiga o‘tish, istiqbolli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Koreya kompaniyasining Farg‘ona viloyatida avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq yirik loyihasi, uni amalga oshirish jarayonlari haqida so‘z bordi. 

Mirzohid Ubaydullayev xorijiy sarmoyalarni jalb etish, istiqbolli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash viloyat rahbariyati uchun ustuvor vazifalardan biri ekanini taʼkidladi. 

Shuningdek, investorlarga loyihani boshlashlari uchun erkin iqtisodiy zonalar, soliq va bojxona imtiyozlari, infratuzilma imkoniyatlari haqida maʼlumot taqdim etildi.

Yangi korxona faoliyat boshlashi viloyatda ish o‘rinlari yaratilishiga va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga xizmat qilishi qayd etildi va hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling