Farg'onada Koreya kompaniyasi ishtirokida avtomobil komponentlari ishlab chiqarish zavodi qurilmoqda
Farg'onada Koreya kompaniyasi ishtirokida avtomobil komponentlari ishlab chiqarish zavodi qurilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Quvasoy shahri Pakana MFY hududidagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida yirik sanoat korxonasi - Koreya Respublikasining “Hansae Mobility” kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
12-dekabr kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov ushbu kompaniya katta ijrochi direktori Jong Day Vonni qabul qildi.
30 mln dollar sarmoya yo‘naltirilayotgan yangi korxonada loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 120 ta, umumiy hisobda 200 tadan ziyod ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. 2026-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda loyiha doirasida borayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb qilish, tayyorlash, o‘zaro ishonch asosida hamkorlikni davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Kompaniya katta ijrochi direktori Jong Day Von qurilish ishlari jadal borayotganini ta’kidlab, hamkorlik va ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi. Loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish chora-tadbirlari kelishib olindi.