Valyuta kurslari 01/12/2025
$1 – 11940.95
UZS – 0,32%
€1 – 13814.49
UZS – 0,25%
₽1 – 152.68
UZS – 0,33%
Qidirish
Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1996 y.t. fuqaroning “Matiz” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshirildi.

Natijada, avtomashina salonida 866 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Maʼlum bo‘lishicha, gumonlanuvchi umr zavoli hisoblangan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida sotib, boylik orttirishni maqsad qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa, Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi fuqarolarga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar to‘g‘risida tezkor maʼlumotlar olinib, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farg‘ona shahrida ularni qo‘lga olish tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2 nafar narkosavdogar Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 4508 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 12.800 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28 orqali 246-moddasi 1-qismi va 251 prim 1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling