Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Farg‘onada bolalar bog‘chalaridagi 60 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqizildi

Farg‘onada bolalar bog‘chalaridagi 60 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqizildi
 

Farg‘onada bolalar bog‘chalaridagi 60 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqizildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21 fevral kuni Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Farg‘ona shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 2-, 58- va 61-sonli bog‘chalarida tarbiyalanuvchi 62 nafar bolada tana harorati ko‘tarilishi holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar qildi.

Tibbiy xizmatlar maʼlumotlariga ko‘ra, ayni paytda statsionarda davolanayotgan barcha bolalarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Tibbiyot xodimlari bolalar salomatligidagi o‘zgarishlarni chuqur klinik va laboratoriya tahlillari asosida har tomonlama o‘rganmoqda.

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan holat yuzasidan batafsil tekshiruv olib bormoqda.

Tekshiruv natijalari va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali muntazam ravishda maʼlum qilib borilishi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling