Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Farg‘onada 5,8 mln dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 5,8 mln dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 5,8 mln dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yukxonaga 2 turdagi 2 mln 324 ming dona salyut va petardalar ortilgani fosh bo‘ldi.

Shuningdek mazkur yuk avtotransport vositasi kelib to‘xtagan xonadon ham ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham 2 turdagi 3 mln 485 ming donadan ziyod salyut va petardalar borligi aniqlandi.

Shunday qilib, mazkur holatda huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan va sifati kafolatlanmagan piroxtenika vositalarining umumiy miqdori 5,8 mln donadan oshmoqda.

Hozirda vaqtincha saqlovga topshirilgan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra salkam 1,3 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling