Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Farg'onada 30 ta startap va yetakchi investorlar ishtirokida Startup Day forumi bo'lib o'tdi

Farg'onada 30 ta startap va yetakchi investorlar ishtirokida Startup Day forumi bo'lib o'tdi

Farg'onada 30 ta startap va yetakchi investorlar ishtirokida Startup Day forumi bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona davlat universitetida “Startup Day – Fergana” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park, IT Park Ventures, SQB Ventures va Farg‘ona viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilib, viloyatdagi yosh startaplarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda ularni investorlar bilan bog‘lashni maqsad qilgan edi.

Tadbirda 300 dan ortiq ishtirokchilar, 30 ta startap jamoasi va 8 ta investorlar qatnashdi. Shuningdek, SQB Ventures, AloqaVentures, UzVC, IT Park Ventures va United Ventureskabi yirik investitsiya fondlari ham loyihani qo‘llab-quvvatladi. Tadbiring asosiy qismini tashkil etgan “Startup Battle” tanlovida 30 ta loyiha ishtirok etib, ulardan 15 tasi final bosqichiga chiqdi. Finalda startap jamoalari investorlar va venchur kapital vakillari oldida o‘z g‘oyalarini taqdim etishdi.

Natijada, “Enola” va “DentalSoft” startap loyihalari IT Park Ventures tomonidan investitsion takliflar olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija Farg‘ona viloyatida startap ekotizimi faol rivojlanayotganini va yoshlarning texnologik sohalarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘rsatdi.

Tadbirning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov, IT Park Uzbekistan Startaplarni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Elyor Maksudov hamda KPI.COM kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Muzaffar Karabayev ishtirok etib, yoshlarga startap sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘lida ilhomlantiruvchi fikrlar bildirishdi. Ular o‘z chiqishlarida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlar tashabbuslarini xalqaro maydonga olib chiqish zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

“Startup Day – Fergana” tadbiri doirasida nafaqat startap loyihalar taqdim etildi, balki mentorlik sessiyalari, investorlar bilan networking uchrashuvlari va tajriba almashish imkoniyatlari ham tashkil etildi. Tadbiring umumiy maqsadi — yosh startaplarni yangi bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va biznes aloqalar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

BrailleRecognition - Ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan AI-asosidagi Braille matnini tarjima qiluvchi ilova. Telefon kamerasi orqali Braille belgilarini tezda skanerdan o‘tkazib, ularni oddiy matnga aylantiradi. O‘qituvchilar, ota-onalar va vasiylar uchun qulay vosita bo‘lib, o‘qish va muloqotni ancha osonlashtiradi.

Shifonoma - Minimalistik, qulay va tushunarli shifoxona boshqaruv tizimi. U tibbiy jarayonlarni soddalashtiradi, ma’muriy ishlarni tartibga soladi va bemorlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilaydi.

Qattabor - O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun yaratilgan lokal raqamli xarita va servis qidiruv platformasi. Telegram-bot orqali foydalanuvchilar yaqin atrofdagi tasdiqlangan xizmatlarni — go‘zallik salonlari, klinikalar, kafe va boshqa joylarni — tezda topishlari mumkin. Qattabor kichik bizneslar uchun ham arzon reklama va obuna asosidagi targ‘ibot vositalarini taqdim etadi. Faqat o‘zbek tilida qo‘llab-quvvatlanishi va ishonchli reyting tizimi bilan global muqobillardan ajralib turadi.

Tahlilchi AI - Retail, logistika va e-commerce uchun sun’iy intellekt asosidagi talab prognozi va ombor optimizatsiyasi platformasi. Kompaniyalar xarajatlarni kamaytirish, taqchillik yoki ortiqcha mahsulot to‘planishining oldini olish va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishlari mumkin.

Enola - IELTS imtihoniga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt platformasi. Enola foydalanuvchilarga speaking, writing, listening va reading bo‘yicha individual mashqlar va AI-fikr bildirish funksiyalarini taklif etadi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar kelgusida bu kabi formatdagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish, yoshlar orasida startap madaniyatini keng targ‘ib etish hamda yangi investitsion imkoniyatlar yaratish yo‘lida izchil faoliyat olib borilishini ma’lum qilishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling