Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Isteʼmolchilarning tabiiy gaz taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida Davlat dasturlari doirasida magistral gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.

Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari isteʼmolchilarining tabiiy gaz taʼminoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda taʼmirlash ishlari vaqtida (5-6 sentyabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik isteʼmolchilarning gaz taʼminotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari isteʼmolchilari uchun avtobenzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling