Farg‘ona viloyatida Xitoy kompaniyasi ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Farg‘ona viloyatida Xitoy kompaniyasi ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Sanyangma Logistics Co., Ltd.” kompaniyasining chet el biznes bo‘limi bosh menejeri Chju Mingni qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari xususida so‘z yuritildi.
Viloyat rahbari mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti tufayli hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, xususan, xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlik ko‘lami kengayib borayotganligini qayd etdi. Istiqbolli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirib, turli yo‘nalishlardagi takliflar bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
я