Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Farg‘ona viloyatida Xitoy investori ishtirokida gullar plantatsiyasini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun xitoylik investor Szyan Syuebo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Farg‘ona tumanida gullar plantatsiyasi va agroturizmni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

"Shandong Haosen Flowers and Trees Co., Ltd" kompaniyasi gulchilik sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, viloyatimizda ushbu yo‘nalishda investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida gullar plantatsiyasini issiqxona va ochiq maydonlarda tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi investorning takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling