Farg‘ona viloyatida Turon Turk sanoat zonasi rivojlanmoqdaFarg‘ona viloyatida Turon Turk sanoat zonasi rivojlanmoqda

Farg‘ona viloyatida Turon Turk sanoat zonasi rivojlanmoqda

Farg‘ona viloyatida Turon Turk sanoat zonasi rivojlanmoqdaFarg‘ona viloyatida Turon Turk sanoat zonasi rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning «Heyal holding» kompaniyasi taʼsischisi Vahdettin Heyal bilan uchrashdi.

Muloqotda Quva tumanida kompaniya tomonidan tashkil etilayotgan «Turon turk» maxsus sanoat zonasi birinchi bosqichining qurilish jarayoni muhokama qilindi.

Ayni paytda ishlar qizg‘in davom etayotgani, asosiy eʼtibor obyektning sifati va belgilangan muddatlarga qaratilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, uchrashuvda parrandachilik yo‘nalishida kooperativ tashkil etish taklifi ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari ushbu tashabbus aholi bandligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhimligini qayd etib, loyihani qo‘llab-quvvatladi. Uni hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling