Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Farg‘ona viloyatida tibbiy preparatlar bilan noqonuniy savdo aniqlandi

Farg‘ona viloyatida tibbiy preparatlar bilan noqonuniy savdo aniqlandi

Farg‘ona viloyatida tibbiy preparatlar bilan noqonuniy savdo aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro “S.G‘.” tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda, tegishli hujjatlarsiz tibbiy dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda tegishli sharoitlarda saqlanmayotgan jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlanib, shundan 56 turdagi 36 361 dona dorilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.

Taʼkidlash lozimki, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln so‘mni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling