Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Farg‘ona viloyatida qariyb 21 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi

Farg‘ona viloyatida qariyb 21 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi

Farg‘ona viloyatida qariyb 21 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1983 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Natijada, uning salon qismida 9960 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Boshqa holatda esa qo‘shni davlatdan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda qilib, Toshkent shahridagi jinoiy sheriklariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan Quvasoy shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasi Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina eshiklarining ichki qismiga 8000 dona “Zardeks” va 309 gr “gashish” giyohvandlik vositalari yashirib qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bag‘dod tumanida qayd etilgan holatda, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinadan 1691 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi.

Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2001 y.t. mahalliy fuqaro o‘zining 1991 y.t. jinoiy sherigi vositachiligida 1274 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni xaridorga 56 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 251¹, 246, 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling