Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Farg‘ona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi “Regapen” dori vositasining qariyb 2,8 ming dona tabletkasini kontrabanda qilish holati bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994 y.t. shaxsga tegishli Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi.

U organizm uchun jiddiy muammolar va hatto kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji, asab tizimidagi buzilishlar va ichki aʼzolarni ishdan chiqarishga olib keladi. Eng ayanchlisi, u o‘lim holatiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, yurtimizda bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi va retseptsiz sotilishi qatʼiyan taʼqiqlanib, javobgarlik belgilangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling