Farg‘ona viloyati Xitoylik investorlar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar Yuan Yanping va Shan Chunyuni qabul qildi
Muloqotda Quvasoy shahridagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi filialida amalga oshirilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasining borishi muhokama qilindi.
Uchrashuvda loyiha tashabbuskorlaridan biri — Xitoyning qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalari ishlab chiqarishda yirik kompaniyalaridan sanalgan “China Yitou Group” faoliyati haqida ham maʼlumot berildi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishda 70 yillik tajribaga ega bo‘lib, dizel motorlar, drayv tizimlar va boshqa muhim ehtiyot qismlarni tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.
Loyiha doirasida kelgusida mahalliylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi mazkur loyiha nafaqat O‘zbekiston bozorida qolaversa, Markaziy Osiyo, MDH davlatlari bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.