Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va Yaponiyaning Stone System kompaniyasi IT-sektorni rivojlantirish va yoshlarni o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Farg‘ona viloyati va Yaponiyaning Stone System kompaniyasi IT-sektorni rivojlantirish va yoshlarni o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Farg‘ona viloyati va Yaponiyaning Stone System kompaniyasi IT-sektorni rivojlantirish va yoshlarni o‘qitish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun Yaponiyaning “Stone System Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Matsumaru Motoyasu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda IT yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Viloyat rahbari axborot texnologiyalari sohasini Farg‘ona viloyati iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri sifatida jadal rivojlantirish rejalashtirilganini taʼkidlab, bu borada Yaponiya tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Matsumaru Motoyasu kompaniyaning Farg‘onada filialini tashkil etish, shu orqali yoshlarni axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ish bilan taʼminlash masalalari xususida fikr bildirdi. Shuningdek, farg‘onalik yoshlarni kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt va dasturiy mahsulotlar yo‘nalishlarida Yaponiyada malakasini oshirish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Viloyat hokimi mazkur takliflarni qo‘llab-quvvatlab, “Stone System Co., Ltd.” kompaniyasi filialini tashkil etish yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘lishini taʼkidladi.

Uchrashuvda hamkorlik bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun: “Stone System Co., Ltd.” Yaponiyada faoliyat yurituvchi axborot texnologiyalari kompaniyasi bo‘lib, dasturiy taʼminot ishlab chiqish, veb va mobil ilovalar yaratish, tizim integratsiyasi hamda IT-konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling