Valyuta kurslari 25/11/2025
$1 – 11988.32
UZS – 0,14%
€1 – 13822.53
UZS – 0,18%
₽1 – 152.02
UZS – 0,14%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va Yaponiya o‘rtasida hamkorlik ko‘lami yanada kengayadi

Farg‘ona viloyati va Yaponiya o‘rtasida hamkorlik ko‘lami yanada kengayadi

Farg‘ona viloyati va Yaponiya o‘rtasida hamkorlik ko‘lami yanada kengayadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Kenji Hirata bilan uchrashdi. Muloqotda Farg‘ona viloyati bilan Yaponiya o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Kenji Hiratani Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani bilan samimiy tabriklab, elchining Farg‘ona viloyatiga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni yana-da mustahkamlashiga xizmat qilishini qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlarining yaqin, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘plab sohalarda aloqalar rivojlanib borayotganining asosiy omili bo‘layotgani alohida taʼkidlandi.

Farg‘onada Yaponiya taʼlim tajribasi tatbiq etilgani, 20 nafardan ziyod taʼlim sohasi vakillarining Yaponiyaga borib, tajriba almashib qaytganligi, Farg‘ona davlat texnika universitetida yapon tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgani bo‘yicha ham maʼlumotlar berildi.

Farg‘ona viloyatida Yaponiya kapitali ishtirokida 11 ta korxonalar faoliyat olib borayotganligi, shu bilan birga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida “Shogun city” yapon bog‘i, mehmonxona, restoranlar majmuasi hamda unga yondosh hududda Nagai Clinic tomonidan rejalashtirilayotgan, zamonaviy Yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi loyihalarining qurilishi ham hamkorlikning yangi bosqichi ekanligi bildirildi.

Bundan tashqari, Farg‘onaning uzum, anor, xurmolari Yaponiyaning savdo rastalarida sotuvi yo‘lga qo‘yilgani bo‘yicha ham aytib o‘tildi.

Yaponiya elchixonasining “Inson xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam grant dasturi” doirasida viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aparaturalar xarid qilish uchun 100 ming dollar grant mablag‘lari ajratilgani uchun ham minnatdorlik bildirildi.

Farg‘ona viloyati bugun respublika hududlari o‘rtasida iqtisodiyoti va sanoatlashishi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda ekanini qayd etgan elchi Kenji Hirata, viloyatimizga tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududlararo hamkorlikni yana-da jadallashtirishga ko‘maklashish ekanini maʼlum qildi. Har sohada ko‘makka tayyorligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling