Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va Xubey provinsiyasi hamkorlikni mustahkamlamoqda: xitoylik biznesmenlar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining Xubey provinsiyasi Uxan shahridan kelgan qator kompaniyalar vakillaridan iborat katta ishbilarmonlar guruhini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish va manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yuqori darajada jadal rivojlanayotgani, hududlararo hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganligini qayd etdi. Xususan, Xubey provinsiyasi bilan ham do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilayotganligini bildirdi.

Investorlarga Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-investitsion salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar Farg‘onada turli sohalar bo‘yicha hamkorlik qilish, investitsiya kiritish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar.

Muloqot yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish va aniq loyihalar asosida ish olib borishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling