Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va UNIDO ITPO Korea o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati va UNIDO ITPO Korea o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati va UNIDO ITPO Korea o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov UNIDO ITPO Korea rahbari Maenho Shin bilan uchrashdi.

1985 yilda Koreya Respublikasi UNIDO ga qo‘shilgan bo‘lib, 1987 yil Seulda UNIDO ITPO Korea (UNIDO investitsiyalar va texnologiyalarni ilgari surish byurosi) tashkil etilgan. U o‘z tarmog‘i orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror sanoatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni faol amalga oshiradi. 

Viloyat hokimi sanoatni rivojlantirish, investitsiyalar va texnologiyalar almashinuvini rag‘batlantirish, innovatsion taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflarni yuqori baholadi. Farg‘ona viloyati bilan hamkorlikda ishlash taklifi uchun minnatdorlik bildirildi.

Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyati, qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari, faol tadbirkorlari bilan ulkan salohiyatga ega ekanligi, viloyatning respublikada ham eng faol hududlardan ekanligi bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Ushbu tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga orqali ko‘plab xalqaro hamkorlarni topish imkoniyati yaratilishi qayd etildi.  

Sanoat, AyTi va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlikni boshlash, Farg‘onada tashkilotning vakolatxonasi ochish bo‘yicha takliflar aytildi.

Yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralarni boshlash, tashkilot bilan samarali va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishiga ishonch bildirildi.

UNIDO ITPO Korea rahbari Maenho Shin Farg‘ona viloyati hokimligi va UNIDO ITPO Korea o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirayotganligi, asosiy maqsad barqaror sanoat rivojlanishiga ko‘maklashish, O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi sarmoyaviy va texnologik hamkorlikni mustahkamlashdan ibort ekanligi alohida eʼtirof etdi. 

Uchrashuvda muloqotlarni davom ettirish, maʼlumot almashish va muvofiqlashtirish uchun aloqa nuqtalarini belgilash bo‘yicha hujjat imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling