Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va Ulsan shaharlari ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Farg‘ona viloyati va Ulsan shaharlari ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Farg‘ona viloyati va Ulsan shaharlari ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Ulsan sanoat maʼlumotlar kompleksi va ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi.

Ulsan shahri Koreyaning “sanoat poytaxti” hisoblanadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, kemasozlik, shuningdek, neft-kimyo va boshqa sohalar hisoblanadi. Bundan tashqari, Ulsanda «Hyundai Motor» kompaniyasiga qarashli eng yirik avtomobil hamda kemasozlik zavodlari faoliyat ko‘rsatadi.

Bugungi kunda sanoat tarmoqlarini elektronlashtirish, axborot texnologiyalari bilan bog‘lash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. “Sanoat poytaxti” bo‘lgan Ulsanni endilikda “sunʼiy intellekt” poytaxtiga aylantirish, sanoatni sunʼiy intellekt bilan birlashtirish maqsad qilingan. Bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha sanoat tarmoqlari elektron bazaga jamlanib, shu yerdan boshqarish, nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda masʼullar tomonidan shular to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Farg‘ona viloyatida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling