Farg‘ona viloyati va Tyantszin qurilish materiallari uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, bir qator uchrashuvlar o‘tkazilib, yakunida aniq kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Tyanszin shahrida 30 ga yaqin kompaniyalar ishtirokida davra suhbati va B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Tyanszin yangi qurilish materiallari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik bitimi imzolandi.