Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Farg‘ona viloyati va Pyontek shahri o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda

Farg‘ona viloyati va Pyontek shahri o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda

Farg‘ona viloyati va Pyontek shahri o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Janubiy Koreyaning Pyontek shahri meri Jong Chang Son boshchiligidagi katta delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, xususan, hududlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani alohida taʼkidlandi. Ayniqsa, Farg‘ona viloyati va Pyontek shahri o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yangi bosqichga chiqib, bugungi kunda o‘zining amaliy samaralarini berayotgani qayd etildi.

Shuningdek, barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da jadallashtirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi taʼkidlandi.

Samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirgan shahar meri Jong Chang Son hamda shahar Savdo-sanoat palatasi rahbari Kan-su Li Farg‘ona viloyati va Pyontek shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yangi bosqichda davom etayotganini taʼkidlab, hamkorlikdagi loyihalarning dastlabki amaliy bosqichiga kirishilganini maʼlum qilishdi.

Uchrashuv davomida iqtisod, savdo-sanoat, turizm, sport va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda bildirilgan takliflar asosida hamkorlik yo‘nalishlarini yana-da kengaytirish, shuningdek, rejalashtirilgan ishlar ijrosini jadallashtirish yuzasidan masʼullar belgilanib, aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.

Maʼlumki, yirik dengiz portiga ega bo‘lgan Pyontek shahri Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida joylashgan. Ushbu shahar katta savdo-iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, jadal rivojlanmoqda.

Shuningdek, u yarim o‘tkazgichlar, vodorod iqtisodiyoti va kelajak avtomobillari sanoati markazlaridan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling